Dasturlar
AQShda Yuqori Maktab
Academic Year Program USA – hayotingizni oʻzgartirib yuboradigan dastur!
Akademik yil dasturi (AYP) – bu xalqaro madaniy almashinuv dasturi boʻlib, maktab oʻquvchilariga AQShda mezbon oilada yashagan holda, akademik yil (10 oy) yoki semestrni (5 oy) oʻtkazish, Amerika oʻrta maktabida oʻqish, “yangi” oila va doʻstlar bilan oʻz madaniyati, urf-odatlari bilan boʻlishish, Amerika boʻylab sayohat qilish, almashinuv boʻyicha boshqa talabalar bilan koʻrishish hamda dunyoni yana-da tinch va ochiq qilish imkonini beradi!
Maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan xalqaro madaniy almashinuv dasturi 50 yildan buyon mavjud. 15-18 yoshdagi oʻsmirlar Amerika oʻrta maktabida oʻqish, ingliz tilini oʻrganish va yaxshilash, mustaqil boʻlish, dunyo qarashni kengaytirish, oʻzini rivojlantirish va oʻz salohiyatlarini yuzaga chiqarish, yangi sharoitlarga moslashish, yangi doʻstlar topish hamda turli madaniyatga ega odamlar bilan tanishish uchun AQShga kelishadi. Amerikadagi hayot sizni qoʻllab-quvvatlovchi va sizga suyanchiq boʻluvchi “yangi” qabul qiluvchi oilada boshlanadi. Yangi sinfdoshlar va doʻstlar sizga yangi joyga moslashishga va Amerika anʼanalari va odatlarini bilib olishga yordam berishadi. Oʻz navbatida siz ham oʻz madaniyatingiz, hayot tarzingiz va qiziqishlaringiz bilan boʻlishishingiz mumkin. Amerika oʻrta maktabida oʻqish sizga taʼlim tizimini yangicha ochib beradi, koʻplab maktab oʻquvchilari aynan shu davrda professional oʻsishdagi yoʻnalishni tanlashadi, kelajakda oliy taʼlimni qaysi sohada oʻqishni aniqlashtirib olishadi.
Academic Year Program dasturida qatnashish uchun siz quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:
- Dastur boshlanadigan vaqtga (1-sentabr) 15 yoshdan kichik va 18 yoshdan katta boʻlmaslik
- Yuqori yoki oʻrta maktab oʻquvchisi boʻlish (11-sinfgacha)
- Oʻrta maktab oʻquvchilari uchun moʻljallangan oʻquv yili/semestri dasturida qatnashmagan va F-1 yoki J-1 statusidagi AQSh maktablariga qatnamagan boʻlish
- Ingliz tilini yaxshi bilish (ELTiS boʻyicha maʼqul ball – 220)
- Amerikada qabul qiluvchi oilada yashashga tayyor boʻlish
- AQShning kontinental qismidagi istalgan nuqtada yashashga rozi boʻlish
- Sogʻ, ochiq va muloqotga kirishimli boʻlish
Dastur ishtirokchilari Amerikaning davlat maktabida oʻqish va amerikalik oilada yashashdan tashqari, quyidagilarni kutishlari mumkin:
– Sinfdan tashqari tajriba: oʻquvchilar maktab tomonidan ruxsat berilgan va homiylik qilinadigan sinfdan tashqari tadbirlarda, shu jumladan, sport tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin.
– Oʻquvchilar maktab tadbirlarida, shu jumladan, sport tadbirlarida ishtirok etishlari mumkin. Sportda qatnashish huquqini belgilab beradigan maktab okrugi va davlat boshqarmasi, almashinuv talabasining mazkur tadbirlarda ishtirok etishini maʼqullashi kerak.
– Talabalar toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan tartibda ishlashlari mumkin emas. Ular vaqtinchalik ishni qabul qilishari mumkin: masalan, hovlidagi yoki uy yaqinidagi ishlar, bolalarga qarab turish.
– Almashinuv talabalariga qarindoshlari bilan yashashga ruxsat berilmaydi.
Agar sizda biron savol boʻlsa, biz bilan bogʻlaning. Biz sizga dasturning turli tomonlarini tushunib olishda yordam beramiz va sizni qiziqtirgan barcha savollarga javob beramiz.
Bugunning oʻzida Academic Year Program USA dasturida qatnashish uchun ariza yuboring va orzuyingiz sari yana bir qadam tashlang!