Something

Dasturlar

AQShda Yozgi Oromgohda Rahbarlik Qilish

test
Dastur haqida

Camp Counselor USA: yashang, ishlang va yozdan zavq oling!

Summer Camp USA – bu yozgi taʼtil vaqtida Amerika bolalar oromgohlarida yetakchi boʻlib ishlaydigan 18 yoshdan oshgan kishilar uchun moʻljallangan madaniy almashinuv dasturi. Dastur ishtirokchisiga bolalar bilan ishlash boʻyicha koʻnikmalar olish, yetakchi va tajribali oʻqituvchi boʻlishni oʻrganish, butun umrlik ishonchli doʻstlarni topish hamda chiroyli koʻrinishga ega tabiatda (daryo yoki koʻl qirgʻogʻida, togʻlarda yoki oʻrmonda) ishlash taklif qilinadi.

Hozirgi kunda AQSh hududida minglab xususiy va tijoriy, maxsus, sport va sogʻlomlashtiruvchi oromgohlar joylashgan boʻlib, u yerda millionlab bolalar yozgi taʼtilni oʻtkazishadi. Barcha Amerika oromgohlari Amerika oromgohlar assosiatsiyasi (American Camp Association) tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan. Har yili oʻzgacha va unutilmas muhit yaratgan holda, dunyoning 40dan ortiq mamlakatlaridan talabalar ishga taklif qilinadi!

Amerika bolalar oromgohlarida yetakchi boʻlib ishlash har yili yana-da taniqli boʻlib bormoqda va talabalar uchun bir dunyo qiziqarli imkoniyatlarni ochmoqda. Bu yerda shaxsiy oʻsish, rivojlanish, yetakchilik sifatlarini yaxshilash, bolalar bilan ishlash, ajoyib madaniy tajriba va ingliz tili bilimlarini yaxshilash imkoni mavjud.

Oromgohda ishlash muddati 9 haftani tashkil qiladi, bu muddatdan keyin ishtirokchi Amerika boʻylab 30 kun davomida sayohat qilish huquqiga ega boʻladi, shu bilan bir qatorda, u yangi oʻquv yili boshlanishiga qadar oʻz vataniga qaytishi shart.

Camp Counselor madaniy almashinuv dasturi ishtirokchisi DS-2019 ishlash uchun ruxsatnoma asosida beriladigan J-1 almashinuv vizasini oladi. J-1 visa immigratsion viza hisoblanmaydi.

Oromgohda yetakchi sifatida ishlash eng zoʻr yozgi davrlarning biriga aylanishi mumkin. Kundalik vazifalarga qaramasdan, oromgohdagi har bir kun oʻzgacha boʻlishi mumkin: bolalar bilan muloqot, jismoniy faollik va turli sanʼatga tegishli seksiyalar, oromgohdagi boshqa yetakchilar bilan doʻstlashish va har kunlik muloqot. Bolalar oromgohida oʻtkazilgan yoz hayotingizdagi eng zoʻr yozlardan biriga aylanadi!

Camp Counselor dasturi ishtirokchisiga qoʻyiladigan talablar:

  1. Bolalar bilan ishlashni yaxshi koʻrish
  2. Akkreditatsiyadan o’tgan Universitetning doimiy talabasi bo’lish
  3. 18 yoshdan kichik boʻlmaslik
  4. Stress va favqulodda holatlarni eplay olish, muloqotga kirishimli va doʻstona munosabatda boʻlish
  5. Ingliz tilini yaxshi darajada bilish (advanced)
  6. Oʻzbekiston bilan mustahkam aloqalar borligini koʻrsatib berish va dastur yakunlanganidan soʻng, universitetda oʻqish boshlanishiga qadar vatanga qaytib kelish
  7. Mehnatkash boʻlish

HOZIRDA bizda AKSIYA ketmoqda!

2023 Chegirma bilan programma narxi – $935

Tayyormisiz? Application form ni to’ldiring.

NOMZODGA BOʻLGAN TALABLAR
18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlish
Bolalar bilan ishlashda tajribaga ega boʻlish
Ingliz tilida erkin muloqot qila olish
DASTUR NARXI
$1885
Hozir murojaat eting