Something

Dasturlar

“AQShga Sayohat va Ishlash” Dasturi.

test
Dastur haqida

Global Friends, Inc kompaniyasining “AQShga sayohat va ishlash” yozgi dasturi uchun moʻljallangan sahifaga xush kelibsiz!

Global Friends dastur agenti-fasilitatori sifatida, talabalarni tanlab olish, homiy uchun hujjatlarni tayyorlash, J-1 vizasiga ariza yuborish, AQShga kelishdan oldin tayyorlash va yoʻnaltirishga javob beradi.

Global Friends, Inc ham Oʻzbekistonda, ham AQShdagi roʻyxatdan oʻtgan va litsenziyalangan kompaniya hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, Global Friends, Inc AQShga sayohat va ishlash dasturi boʻyicha rasmiy roʻyxatdan oʻtgan agent sifatida elchixona roʻyxatiga kiritilgan. Global Friends Dun & Bradstreet kompaniyasi (DUNS 117439934 raqam) tomonidan sertifikatlashtirilgan boʻlib, ICEF hamda WYSTC nufuzli konfederatsiyalari aʼzosi hisoblanadi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri AQShdagi J-1 vizasi homiylari bilan ishlashimiz kompaniyamizning oʻzgacha tomonlaridan biridir. Biz shu bilan ishtirokchilarimizni xizmat koʻrsatishning yuqori sifati va shaffoflik bilan taʼminlaymiz. Cultural Homestay International, CICD, CIEE, WWCEUSA, United Work and Travel kabi taniqli viza homiylari bizning hamkorlarimiz hisoblanadi.

15 yillik faoliyatimiz davomida “Ishlash va sayohat” dasturi boʻyicha bizning ofislarimizda mingdan ortiq talabalar roʻyxatdan oʻtkazilib, dasturga yuborilgan. Biz Oʻzbekistondagi barcha xalqaro va davlat universitetlari bilan ishlaymiz. Har yili vakillarimiz Singapur va Vestminster universitetlariga tashrif buyurib, AQShga sayohat va ishlash dasturi boʻyicha maʼruzalar oʻtkazishadi.

Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi talablarga javob berishingiz kerak:

  • Akkreditatsiyadan oʻtgan universitetning kunduzgi taʼlim shakli talabasi boʻlish
  • 18-24 yoshda boʻlish
  • 2.5 oydan 4 oyga qadar oilangizdan uzoq boʻladigan muddatda, stress va favqulodda holatlarni eplay olish
  • Dastur maqsadlarini tushunishingiz va ularni hurmat qilishingizni koʻrsatib berish
  • Vataningiz bilan mustahkam aloqalar borligini koʻrsatib berish va dastur yakunlanganidan soʻng, universitetda oʻqish boshlanishiga qadar vatanga qaytib kelish.

Dasturda ishtirok etish shartlari haqida batafsil bilib olish uchun, ushbu videoni tomosha qiling.

2024 yilgi mavsum ochiq!

Global Friends 2024 yilda AQShga sayohat va ishlash dasturi ishtirokchisi sifatida Oʻzbekistonni xalqaro maydonda namoyish etadigan 150 nafar yuqori malakali talabalarni tanlab olishni rejalashtirmoqda.

Dastur ishtirokchilariga quyidagilar taqdim etiladi:

  • Kompaniya menejeri bilan individual konsultatsiya
  • Homiylar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasiga onlayn kirish imkoniyati
  • Homiylarimiz tomonidan taqdim etiladigan joy va ishlarni tanlash
  • Sugʻurta mukofoti
  • J-1 vizasiga ariza joʻnatish va AQShga chiqib ketish imkonini beradigan barcha hujjatlar (CHI, CICD, WWCE USA, United WT yoki CIEE orqali ishga imzolangan taklifnoma va DS-2019 shakli)
  • Brendlangan futbolka, elchixona uchun hujjatlar solingan papka va velosiped shlemi
  • Bepul Amerika sim-kartasi
  • Toshkentda J1 Visa homiysidan oriyentatsiya – videoni tomosha qiling!
  • AQSh elchixonasida suhbatdan oʻtishga tayyorgarlik koʻrishda yordam
  • AQShda boʻladigan vaqtingiz davomida Global Friends va homiy-kompaniya vakillari tomonidan doimiy qoʻllab-quvvatlash

2024 yilgi dasturda qatnashishga tayyormisiz?

 1-QADAM: Ariza shaklini toʻldiring – www.workandtravel.uz

2-QADAM: Agar biz sizning arizangizni tanlab olsak, siz bilan bogʻlanib, Skype orqali suhbat oʻtkazish uchun vaqtni belgilaymiz

3-QADAM: Agar sizning arizangiz suhbatdan soʻng maʼqullansa, sizga dasturga qabul qilinganlik haqida xat va ishtirok uchun kelishuv beriladi

Batafsil maʼlumot olishni hamda ishtirokchilarning fikr va rasmlarini koʻrish uchun, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna boʻling: LinkedIn, Youtube, Facebook, Instagram.

Shuningdek, siz bizning avvalgi ishtirokchilarimiz bilan bogʻlanib, dastur va bizning xizmatlarimiz haqida koʻproq maʼlumotlarni olishingiz mumkin.

Bizning Telegram messenjeridagi guruhimiz: https://t.me/globalfrienduz

 

2021 YIL UCHUN “ISHLASH VA SAYOHAT” DASTURINING NARXI
Mukofotli dastur - $3215. SEVIS yigʻimining narxi - $35
QUTQARUVCHILAR dasturi - $2415. SEVIS yigʻimining narxi - $35
Hozir murojaat eting