Something

Biz haqimizda

Global Friends, Inc kompaniyasining saytiga xush kelibsiz.

Global Friends, Inc – bu Oʻzbekistondagi AQSh, Yevropa va dunyoning boshqa nuqtalarida taʼlim va madaniy xalqaro almashinuv dasturlarini taqdim etuvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi. 2008 yildan buyon bizning ofislarimiz mingdan ortiq maktab oʻquvchilari, talabalar va yosh mutaxassislarni turli madaniy almashinuv dasturlariga yuborgan. Eng yirik va taniqli dasturlar quyidagilar hisoblanadi: yosh talabalar uchun AQShga sayohat va ishlash dasturi, AQShdagi bolalar oromgohlarida rahbarlik qilish dasturi, yosh mutaxassislar uchun AQShda stajirovka, 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan 8-10-sinfda yoki kollejda oʻqiydiganlar uchun AQShda yillik akademik dastur.

Biz ishtirokchilarimizni xizmat koʻrsatishning yuqori sifati va shaffoflik bilan taʼminlagan holda, toʻgʻridan-toʻgʻri AQShdagi J-1 vizasi homiylari bilan ishlaymiz. CHI, CICD, CIEE, WWCEUSA,
«United Work and Travel» kabi taniqli viza homiylari bizning hamkorlarimiz hisoblanadi.

Biz ishonamizki, madaniy va taʼlim almashinuvi mazmunli va har tarafli odamlarning paydo boʻlishiga olib keladi. Bizning dasturlarimiz bitiruvchilari – bu koʻp qirrali va yetakchi mutaxassislardir. 12 yillik faoliyatimiz davomida bizning bitiruvchilarimiz biznes-yetakchi, akademik birlashma vakillari, biznesdagi nufuzli odamlar va hukumat amaldorlari boʻlganiga guvoh boʻlganmiz. Aynan shu sababli, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xorijda oʻqish, ishlash va amaliyot oʻtashda koʻmaklashishini va kelgusida olingan bilimlar Oʻzbekiston foydasiga ishlatilishi kerakligini bir necha marta qayd etgan.

Kompaniyamizning boshqa yoʻnalishlari oʻquv dasturlari, til kurslari, sertifikatlar va AQSh, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya hamda Buyuk Britaniyadagi diplomli dasturlarni oʻz ichiga oladi. Global Friends Cambridge Education Group agenti xalqaro sertifikatini qoʻlga kiritgan Oʻzbekistondagi yagona kompaniya hisoblanadi. Shu tariqa, siz bizga murojaat qilgan holda, sizni qiziqtirgan yoʻnalishlar boʻyicha eng aniq va yetakchi maʼlumotlarni olishingiz mumkin boʻladi.

Muhim taraflardan yana bittasi: Global Friends, Inc ham AQShdagi, ham Oʻzbekistondagi roʻyxatdan oʻtgan va litsenziyalangan kompaniya hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, Global Friends, Inc AQShga sayohat va ishlash dasturi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan agent sifatida elchixona roʻyxatiga kiritilgan.

Global Friends Dun & Bradstreet kompaniyasi (DUNS 117439934 raqam) tomonidan sertifikatlashtirilgan boʻlib, ICEF hamda WYSTC nufuzli konfederatsiyalari aʼzosi hisoblanadi.

Biz sizni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda koʻrishdan juda xursand boʻlamiz: LinkedIn, Youtube, Facebook, Instagram.

Global Friends kompaniyasining bosh ofisi AQShning Texas shtatidagi Ostin shahrida joylashgan. Shuningdek, bizning vakolatxona va agentlarimiz Oʻzbekistonning Toshkent, Xitoyning Pekin, Rossiyaning Sankt-Peterburg hamda Balkanning Sarayevo, Bosniya va Gersegovina shaharlarida mavjud.

Biz bilan Contact us shaklidan foydalangan holda bogʻlaning va bizning vakillarimiz siz bilan qayta aloqaga chiqishadi.

Hurmat bilan, Global Friends, Inc kompaniyasi.